Bas qil, ey havoyi nafs! Qachon to‘xtaysan? Men qiynalib ketdim. Ortiq bunga toqat qilolmayman. Yoshim bir joyga borib qoldi. Qilgan ishlarimga javob berish onlari tobora yaqinlashayotganini sezmoqdaman. Endi meni tinch qo‘y. Shuncha yil davomida qilgan gunohlarimning o‘zi menga yetarli. Sen meni tinch qo‘y, shoyadki shunda qalbimda uyg‘ongan kichkina bir umid najot topishimga sababchi bo‘lsa. To‘xta, ey nafs!
Asarni kitobxonlarga manfaatli bo‘lishini Yaratgandan so‘rab qolaman!

