Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarini yo‘lchi yulduzlarga qiyos etganlar. Ularning eng kattasi, eng porlog‘i, shubhasiz, Abu Bakr Siddiqdir. Undan keyin Umar, Usmon, Ali va boshqalar.
Sahobai kiromlar insoniyatning axloqi eng chiroylilari, ifor to‘la chechaklaridir. Har biri sadoqat, jasorat, saxovat, adolat, taqvo kabi insoniy fazilatlar egasi bo‘lishgan. Axloq va ma’rifatda, hilm va ilmda, halollik va rostgo‘ylikda ulardayin insonlarni dunyo qaytib ko‘rgan emas. Insoniyatning gultoji, eng sarasi ana o‘sha zotlardir!
Qo‘lingizdagi kitobchamizda ushbu xush iforli «chechak»lardan bir guldasta yasamoq, dimog‘ingizni xushlamoq istadik.
Mutolaangizni Alloh xayrli, manfaatli qilsin.
ISBN : 9789910716222
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 248
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : Muharrir
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Iskandar Abdug`afur

