Abadiy Er” yoki “Qiyofadosh”?
Yuragingizni tanlaysizmi — yoki ongni?
🖤 “Abadiy Er” — bu xiyonat va vijdon azobi orasida ezilgan inson. Bu sevgi, og‘riq va kechirim haqida faryod.
🌀 “Qiyofadosh” — bu insonning o‘zi bilan kurashi. Ruhiy zulmat, shaxsiylik inqirozi va ichki “men” bilan yuzma-yuz kelish.
Har ikki asar sizni jim qoldiradi. Faqat biri — yuragingizni, ikkinchisi — ongingizni larzaga soladi.
Buyuk adib - Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy bejiz ruhiy tahlil nasrining ustasi sanalmaganidek, "Abadiy er"
ham shu uslubidan istisno bolmadi. "Abadiy er" Fyodor Dostoyevskiyning insoniy munosabatlar va ruhiy holatlarni, ayniqsa muhabbat, oilaviy hayot va xiyonat doirasida o'rganishga bag'ishlangan gissasi. Asarhing markaziy mayzulari - o'z ichki dunyosi bilan kurashish, hayot mazmunini izlash hamda ezgulik va yovuzlik haqida mushohada yuritish. Qissa, shuningdek, "abadiy er" timsoli xotiniga chuqur sadoqatli va uni ideallashtirgan, uning xiyonatlaridan bexabar odam obrazini ham tadqiq etadi. Aldangan er marhumaning tashlab ketgan jazmanini ta'qib giladi. Pavel Pavlovich Trusotskiy sevimli rafiqasi vafotidan song o'zini yoqotib qo'yadi. U Aleksey Ivanovich Velchaninovning izidan borib, ragibining shundoq ham azob chekayotgan ongini battar giynaydi.
Trusotskiy oilaning eski do'stidan tasalli izlayaptimi?
Yoki u marhumaning yashirin sarguzashtlaridan xabar topib, Velchaninovdan och olmogchimi?
Asar o'quvchini uzluksiz taranglikda ushlab, uni asta-sekin kutilmagan, biroq muqarrar yechimga yetaklaydi. Kitobni oching-da, vaqt oqimida yo'qolib ketgan jahon adabiyoti durdonasini mutolaa qiling!

