A4Tech PK-925H maksimal Full HD 1920×1080 aniqlikda 30 kadr/soniya video uzatadi. Kamerada Full HD Glass Lens va aks etishni kamaytiruvchi Anti-glare Coating ishlatilgan.
Kamera 70° ko‘rish burchagiga ega. Fokuslash tizimi Fixed Focus, optimal fokus diapazoni esa 60 sm va undan uzoq. Ya’ni PK-925H’da avtofokus mavjud emas.
O‘rnatilgan Digital HD Omni-Directional Microphone turli yo‘nalishlardan ovozni qabul qiladi. A4Tech rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, mikrofonda noise-canceling texnologiyasi ham qo‘llanilgan.
Kamera kam yorug‘likdagi tasvirni yaxshilashga mo‘ljallangan Superior Low-light Performance va videoni ravon uzatishga yordam beruvchi Intelligent Multisampling texnologiyalariga ega

