A4Tech Fstyler FBX72C — ish, o‘qish, ofis va hatto tezkor boshqaruv talab qiladigan vazifalar uchun mo‘ljallangan zamonaviy to‘liq o‘lchamli simsiz klaviatura. Model Bluetooth va 2.4 GHz ulanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda raqamli NumPad blokiga ega.
Klaviaturaning Multi-Device funksiyasi bir vaqtning o‘zida 4 tagacha qurilmani ulash imkonini beradi: 3 ta Bluetooth orqali va 1 ta 2.4 GHz Nano Receiver orqali. Bu kompyuter va boshqa mos qurilmalar o‘rtasida qulay almashish imkonini beradi.
FBX72C 2.4 GHz rejimida 1000 Hz report rate va 1 ms javob vaqti bilan ishlaydi. Bluetooth rejimida report rate 125 Hz. Multi-Key Rollover texnologiyasi bir nechta tugma bir vaqtda bosilganda buyruqlarni aniq qayd etishga yordam beradi.
Model Scissor Switch — qaychi mexanizmli, past profilli tugmalar bilan jihozlangan. Tugmalarning umumiy yurish masofasi 2,0 mm. Bunday konstruksiya aniq va qulay bosishni ta’minlashga, tasodifiy bosishlarni kamaytirishga mo‘ljallangan. Quiet Typing funksiyasi esa kundalik ish va matn terishda yanada sokin foydalanishga yordam beradi.
Klaviaturaning yuqori qismida 10,5 dyuymgacha bo‘lgan qurilmalar uchun integratsiyalangan stend mavjud. U smartfon yoki planshetni qulay ko‘rish burchagida joylashtirish imkonini beradi.
FBX72C ichki 300 mAh litiy akkumulyator bilan ishlaydi va USB Type-C orqali qayta quvvatlanadi. Komplektdagi USB-A → USB-C adapter Type-C portli qurilmalar bilan receiverdan foydalanishni yanada qulaylashtiradi.
Bundan tashqari, modelda 4 ta One-Touch Smart Hotkey mavjud. Ular screenshot funksiyalari, emoji, ilovani yashirish va kompyuterni bloklash kabi amallarga tezkor kirish imkonini beradi. Klaviatura Windows va Mac bilan mos keladi va tizimlar orasida layoutni almashtirish funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Brend: A4Tech
Seriya: Fstyler
Model: FBX72C
Turi: to‘liq o‘lchamli simsiz klaviatura
Ulanish: Bluetooth / 2.4 GHz
Multi-Device: 4 tagacha — 3 × Bluetooth + 1 × 2.4 GHz
2.4 GHz Report Rate: 1000 Hz
Bluetooth Report Rate: 125 Hz
2.4 GHz javob vaqti: 1 ms
Tugma mexanizmi: Scissor Switch
Tugma yurishi: 2,0 mm
Multi-Key Rollover: mavjud
Quiet Typing: mavjud
Smart Hotkeys: 4 ta
Qurilma stendi: 10,5 dyuymgacha
Belgilar: Laser Engraving
Akkumulyator: 300 mAh Lithium
Quvvatlash: USB Type-C
Receiver: Nano USB Receiver
Mosligi: Windows / Mac

