«Men kelib chiqqan joyda biz o‘zimizni jim tutishga o‘rganganmiz. Sukut bizni qutqaradi deb o‘rgatishgan. Men tug‘ilib o‘sgan joyda bu kabi voqealarni faqat o‘zimizda saqlaymiz. Ularni tashqi dunyoga aytib berish — aql bovar qilmas holat, o‘ta xavfli va eng oliy sharmandalikdir».
Falastin, 1990-yil. O‘n yetti yoshli Isro otasi tanlagan sovchilarni kutib olishdan ko‘ra kitob o‘qishni afzal ko‘radi. Bir hafta ichida bu sodda va xayolparast qiz tezda unashtirilib, turmushga beriladi va tez orada Bruklinga ko‘chib o‘tadi. U yerda Isro o‘zining zolim qaynonasi Farida va notanishdek tuyulgan yangi eri Odamning talablariga moslashishga zo‘r-baza harakat qiladi. Farida Isroga o‘g‘il farzandlar tug‘ishi shartligini uqtirgan bir paytda, uning ketma-ket to‘rtta qiz ko‘rishi bu tazyiqni yanada kuchaytiradi.
Bruklin, 2008-yil. Ulg‘ayish haqidagi ushbu ta’sirli qissada Isroning to‘ng‘ich qizi, o‘n sakkiz yoshli Deya, yagona orzusi kollejda o‘qish bo‘lishiga qaramay, buvisi Faridaning talabi bilan bo‘lajak sovchilar bilan uchrashishga majbur bo‘ladi. Deya sakkiz yoshida ota-onasining umriga zomin bo‘lgan o‘sha avtohalokatda ular omon qolganida, balki o‘z taqdiri boshqacha bo‘larmidi, degan o‘ydan qutula olmaydi. Ammo buvisi bu masalada qat’iy turadi: Deyaning munosib kelajagini ta’minlashning yagona yo‘li — to‘g‘ri insonga turmushga chiqishdir.
Biroq taqdirning o‘z hukmi bor va tez orada Deya o‘zini kutilmagan yo‘lda topadi. Bu yo‘l uni dahshatli haqiqatlar va uzoq vaqt yashirib kelingan oilaviy sirlar sari yetaklaydi — bu sirlar uni ota-onasi, o‘tmishi va o‘z kelajagi haqida bilgan barcha narsalariga qayta shubha bilan qarashga majbur qiladi.

