Ushbu kitob dasturiy ta'minotni loyihalash mavzusiga, ya'ni murakkab dasturiy tizimlarni nisbatan mustaqil ravishda amalga oshirish mumkin bo‘lgan modullarga (masalan, klasslar va metodlarga) ajratish masalasiga bag‘ishlangan. Kitobda avvalo dasturiy ta'minotni loyihalashdagi asosiy muammo — murakkablikni boshqarish masalasi yoritiladi. Shundan so‘ng, loyihalash jarayoniga qanday yondashish kerakligi borasidagi falsafiy masalalar muhokama qilinadi hamda jarayon davomida qo‘llaniladigan loyihalash tamoyillari to‘plami taqdim etiladi.

