Aleksandr Nikolayevich Ostrovskiyning rus adabiyotida “yangi dunyo”ni boshlab bergan dramaturgiyasining alohida jihati shunda ediki, undagi personajlarning obrazida jonlilik bor edi. Tomoshabin tiliga tushgan har bir sahna asarining tili xalqona va badiiy jihatdan mukammal hamda ishonarliligi bilan nom qozongandi. 1853 yildan boshlab deyarli har mavsumda Moskva va Sankt-Peterburg teatrlarida Ostrovskiyning yangi pyesalari sahnalashtirilardi: “G‘alati ziyofatda”, “Serdaromad joy”, “Momaqaldiroq”, “Aqldan ozgan pul” dramalari sahnaning eng jonli va sevimli asarlariga aylangandi.
Dramaturg umri davomida tomoshabinlar tomonidan olqishlangan va unga muvaffaqiyatlar keltirgan juda ko‘plab pyesalarni yaratdi.
Mazkur kitobga muallifning “Serdaromad joy”, “Kambag‘allik ayb emas”, “Sepsiz qiz” va “Momaqaldiroq” kabi eng sara pyesalari kiritilgan.
ISBN : 978-9943-25-865-5
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 296
Chop etilgan yili : 2019
Nashriyot : Ўзбекистон
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Muallif : А.Н.Островский

