Rossiyadagi ilk psixologik roman bo‘lmish «Zamonamiz qahramoni» asari Tolstoy, Dostoevskiy, Chexov va undan keyin o‘tgan XIX asrning boshqa buyuk ustalariga ta’sir ko‘rsatgan. Asar qahramoni Pechorin o‘z iste’dodini behuda sovurishi, kinizmi hamda zerikishdan qutulish ilinjida — yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’i nazar — har qanday harakatga intilishi jihatidan Bayron qahramonlarini eslatadi.

