• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: Jalol Boltayev
• Sahifalar soni: 256
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Qo‘lingizdagi test to‘plami oddiy savollar jamlanmasi emas, balki testologiya tamoyillariga asoslangan, har bir topshiriq ortida metodik maqsad yotgan, tahlil qilish va tanqidiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiluvchi ilmiy asosga ega materialdir.
Har bir test topshirig‘i retrieval (eslab qolish), activation (bilimni faollashtirish) va retention (uzoq muddatli xotirada saqlash) mexanizmlariga asoslangan kognitiv jarayonlarni faollashtiruvchi vosita sifatida ishlab chiqilgan.
To‘plam «shunchaki topish» uchun emas – «o‘rganish» va «tushunish» uchun tuzilgan.
Testlar darslikdagi ma’lumotlarning chuqur tahlili asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda testologiya mezonlari, formativ baholash, diagnostik yondashuv, analitik tahlil va o‘quvchini faollashtiruvchi texnikalar inobatga olingan. Har bir savol maqsadli, yo‘naltiruvchi va rivojlantiruvchi xususiyatga ega.

