Kitob 6-7 yoshli bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun 60 dan ortiq qiziqarli topshiriqlarni o‘z ichiga oladi. Har bir topshiriq mustaqil o‘yinga o‘xshaydi! Maktabgacha yoshdagi bola diqqatni maqsadli ravishda jamlashni, ko‘rgan va eshitganlarini samarali eslab qolishni, fazoda dunyo tomonlari bo‘ylab mo‘ljal olishni, mantiqiy masalalarni yechishni, ko‘rgan va eshitganlari haqida fikr yuritishni hamda ko‘rsatma bo‘yicha harakat qilishni o‘rganadi. Shuningdek, u tasavvurni, tanqidiy va obrazli fikrlashni rivojlantiradi, so‘z boyligini oshiradi. Odamlar va hayvonlarning kayfiyatini aniqlash, yaxshi va yomon xatti-harakatlarni farqlashni mashq qiladi, axloq tushunchasi bilan tanishadi. Barcha mashqlar neyropsixologik va art-terapevtik yondashuvga muvofiq tuzilgan. Ular bolaning e’tiborli, qiziquvchan, tartibli, mustaqil, hissiy jihatdan muvozanatli va o‘z kuchiga ishongan bo‘lishiga yordam beradi.

