Hurmatli ota-onalar! Qo'lingizda turgan "O'zbekcha – ruscha – inglizcha – koreyscha –turkcha – arabcha rasmli-mavzuli lug'at" farzandlarini zamon bilan hamnafas, intelektual salohiyatli etib tarbiyalash maqsadidagi siz azizlarga yordamchi bo'ladi, degan umiddamiz. Lug'atni tuzishda o'z sohasi bilidoni bo'lgan, zamonaviy o'quv markazlari va oliygohlarda o'quvchi-talabalarga ta'lim berayotgan mutaxassislar bilan hamkorlik qilindi. Ushbu rasmli-mavzuli lug'at uchun qamrab olingan so'zlar va ularning berilishi kichik yoshdagi, hali chet tillaridan boshlang'ich bilimga ega bo'lmagan bolajonlarga ham qulay bo'lishi e'tiborga olinadi.

