• Filtr turi: nasos bilan teskari osmos tizimi
• Suv turi: Juda ifloslangan suv
• Tozalash usuli: Mexanik
• Filtratsiya: Barcha iflosliklardan, shu jumladan bakteriya va viruslardan
• Filtratsiya bosqichlari: 5 bosqich
• Suv baki hajmi: 12 litr
• Toza suv krani: To‘plamda mavjud
• Modul resursi: 5000 litr
• Ishlab chiqarilgan davlat: Rossiya
• Kafolat: 12 oy
DIQQAT: O‘rnatish shartlari.
Filtrni o'rnatish xizmati Barrier servis xizmati xodimlari tomonidan faqat Barrier servis xizmati daoliyat yuritadigan hududlarda amalga oshiriladi. Sizning manzilingizda o'rnatish servis xizmati mavjudligini Sotuvchi chatiga murojaat qilib aniqlashtirib olishingiz mumkin.
Servis xizmati xodimini filtrni o'rnatishga chaqrish uchun:
- filtrni buyurtma qiling va filtrni qabul qilib oling
- filtrni xarid qilganingizdan keyin Sotuvchi chatiga so'rov yuboring
- Barrier servis xodimi 3 ish kuni mobaynida sizning filtrni o'rnatib beradi.
SUV FILTRINI O‘RNATISH QUYIDAGI SHARTLARGA RIOYA QILINGAN HOLDA AMALGA OSHIRILADI:
- ostki qismga o‘rnatiladigan filtrlar uchun – yuvish moykasi shkafi/tumbasi ichida oldindan tayyorlangan joyda, ½ dyuymli vintli quvurlar mavjud bo‘lishi kerak,
- mavjud mikser (kran) sovuq suv quvurlariga egiluvchan quvur orqali ulangan bo‘lishi kerak,
- bepul o‘rnatish zanglamaydigan po‘latdan yasalgan moyka yoki DSP dan tayyorlangan stol ustiga amalga oshiriladi,
- suv bosimi o‘rnatiladigan filtrning texnik tavsiflariga mos bo‘lishi kerak (kamida 2,5 atm),
- sovuq suv ta’minotini to‘xtatish imkoni bo‘lishi kerak,
- suv ta’minoti tizimlari va sanitariya uskunalari soz holatda bo‘lishi kerak.
Besh qadamli klassik korpusdagi, bosimni oshirish uchun nasosli teskari osmos filtri. Suv besh bosqichli tozalash jarayonidan o‘tadi, bu esa barcha iflosliklarni yo‘q qilish va sifat jihatidan butilkalangandek toza suv olish imkonini beradi.
Tizimning ishchi bosimi 0,5 atm dan boshlanadi. Filtr tizimining umumiy xizmati 12 oygacha, teskari osmos membranasining xizmati 24 oygacha.
Jamg‘aruvchi bakning foydali hajmi 8 l, umumiy hajmi 12 l.
PROFI Osmo 100 Boost filtri quyidagilardan iborat:
Nasosning ishlashi uchun filtr o‘rnatilgan joyda rozetka bo‘lishi lozim. Oshxona moykasi ostida elektr uzaytirgichlardan foydalanish taqiqlanadi.









