Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kitob bolaga 20 gacha bo‘lgan miqdoriy va tartib sonlarni sanash ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Har bir sahifada turli xil topshiriqlarni topasiz.
Ilovalarni punktir chiziqlar bo‘ylab kesing, natijada sizda 80 ta kartochka hosil bo‘ladi. Barcha kartochkalar yordamida miqdoriy va tartib sonlarni sanash ko‘nikmalarini mustahkamlashingiz, shuningdek, qo‘shish va ayirish bo‘yicha turli misol hamda masalalarni tuzishingiz mumkin.

