• Nomi: 50 buyuk psixologiya kitobi
• Muallif: Kollektiv mualliflar
• Janri: Psixologiya, O‘zini rivojlantirish, Ilmiy-ommabop adabiyot
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
Bu kitob psixologiya olamidagi eng muhim 50 ta asarning qisqa, ammo mazmunli sharhini o‘z ichiga oladi. Zigmund Freydning psixoanaliz nazariyasidan tortib, Robert Chaldinining ta’sir psixologiyasi, Viktor Franklning hayot ma’nosini izlash haqidagi qarashlari, Daniel Goleman, Erik Fromm, Karl Yung kabi mashhur olimlarning ishlari bilan tanishish imkonini beradi. Asarda ilmiy-psixologik g‘oyalar sodda va tushunarli tilda yoritilgan. Bu nafaqat mutaxassislar, balki psixologiya va inson ruhiyati bilan qiziqqan keng kitobxonlar uchun ham bebaho qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

