📚 Muhabbat, erkinlik, axloq va iroda haqida 5 ta kitob
• Fyodor Dostoyevskiy — «Tog‘amning g‘alati tushlari»
Manfaatli nikoh, katta orzular va kichik shahardagi fitnalar haqida kinoyaga boy qissa.
• Abdulla Avloniy — «Turkiy guliston yoxud axloq»
Ilm, tarbiya, odob va insonni kamolotga yetaklovchi fazilatlar haqida ibratli asar.
• Jek London — «Oq so‘yloq»
Yashash uchun kurash, sadoqat va mehrning kuchi haqida hayajonli roman.
• Bertran Rassel — «Ozodlikka eltuvchi yo‘llar»
Erkinlik, adolat va jamiyat tuzilishi haqida mustaqil fikrlashga undovchi asar.
• Fyodor Dostoyevskiy — «Nurli tunlar»
Muhabbat, yolg‘izlik va baxtga umid haqida qalbga yaqin, ta’sirchan qissa.

