Suv uchun mexanik pompa — 5, 10 va 19 litrli baklajkalar uchun mo‘ljallangan klassik qurilma bo‘lib, tugmani bosish orqali suvni porsiyalab chiqaradi.
Uning asosiy afzalligi — takomillashtirilgan siqib turuvchi halqa (mahkamlash mexanizmi) bo‘lib, baklajkaga juda zich o‘rnatiladi va suv chiqarish uchun kuchliroq vakuum hosil qiladi.
2 xil tur va o‘lchamda mavjud. Kichkina emas! Bosishda juda qulay.
Suv berish nasos tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Mexanik pompa suvni tortib olish uchun sozlanadigan trubka bilan jihozlangan.
O‘zbekistondagi bozorda eng ishonchli pompalar qatoriga kiradi. Uyda, kichik ofislarda yoki tabiat qo‘yniga chiqishda foydalanish uchun juda mos.
Mahsulot mustahkam oziq-ovqat uchun xavfsiz plastikdan tayyorlangan va 5, 10 hamda 19 litrli standart baklajkalar bilan ishlaydi. Barcha qismlari aniq moslangan — ortiqcha bo‘shliqlar yo‘q, shuning uchun foydalanishda tugma qimirlamaydi va pompa g‘ichirlamaydi.
Baklajka og‘ziga qopqoq kabi kiydirib o‘rnatiladi. Uzun yig‘ma trubkasi tufayli suvni baklajkaning tubigacha tortib olish mumkin.
Afzalliklari:
Qulay, sodda va ishonchli yechim — har kuni foydalanish uchun a’lo tanlov!

