Jamlanmaga Ana Xuan (Ana Huang) qalamiga mansub, har biri oʻz sevgisini topgan dugonalar haqida hikoya qiluvchi mashhur TWISTED turkumidagi uchta kitob kiradi. Har bir kitob — alohida sevgi tarixi.
VAYRONAKOR SEVGI — TWISTED LOVE
Baʼzan vayronakor sevgi yurakni parchalash uchun emas, balki uni zarrachalardan qayta yigʻish uchun kirib keladi.
Ular bir-biriga mutlaqo mos kelmaydi. Ularning birga boʻlishi shunchaki xavfli. Ammo Aleks Avani boshqa yigitning quchogʻida koʻrganida, unga nisbatan butunlay telbalarcha bogʻlanib qoladi. Avaga esa goʻyo uni faqat oʻzidan oʻzi qutqara oladigandek tuyuladi.
VAYRONAKOR OʻYIN — TWISTED GAMES
Bu shunchaki vayronakor sevgi emas. Bu sevgi garovga tikilgan vayronakor oʻyindir.
Ris hamisha ikkita qoidaga amal qilardi: mijozlarni har qanday holatda himoya qilish va his-tuygʻularga aslo taslim boʻlmaslik. Toki Bridjitni uchratmaguncha… Qizning ichki olovi Risni oxirgi nuqtagacha qizdirdi va uning barcha tamoyillarini kulga aylantirdi.
VAYRONAKOR NAFRAT — TWISTED HATE
Bu vayronakor nafrat oʻyini boʻlib, unda faqat yurakning eng chuqur joyiga zarba bera olganlargina gʻalaba qozonadi.
Haqiqat yuzaga chiqmaguncha, ular vayronakor sevgi oʻyinini oʻynashadi. Shundan keyin esa yolgʻon hamma narsani vayron qiladi.
Yilning eng koʻp sotilgan romantik turkumining yakuni. Millionlab kitobxonlar qalbidan joy olgan va TikTok tarmogʻining mutloq xitiga aylangan asar.
“Vayronakor yolgʻon” (Twisted Lies) — Ana Xuanning TWISTED turkumidagi toʻrtinchi va yakuniy kitobidir. Bu seriya bir-biridan butunlay farq qiluvchi toʻrtta dugona haqida hikoya qiladi, ularning har biri oʻz sevgisini topadi. Bir kitob — bir sevgi tarixi.

