G54 – 4G orqali ishlaydigan 4 linzali kuzatuv kamerasi. 4G ulanish tufayli Wi-Fi bo'lmagan joyda ham ishlatish mumkin.
Kamerada 4 ta linza bor: yon tomondagi va pastki bloklar burilib turadi (PTZ), markaziy linza bir joyni doimiy kuzatadi. Ilovada ikki ekran bir vaqtda ko'rsatiladi – ikki tomonni sinxron kuzatish mumkin.
Imkoniyatlari: ikki ekranli ko'rish (Double Screen), odamni aniqlab, uning ortidan kuzatish (Humanoid Tracking), bulutli xotira (Cloud storage), telefondan masofadan boshqarish, ovoz va yorug'lik bilan ogohlantirish, ikki tomonlama ovozli aloqa, LED yoritish.
Devorga o'rnatish uchun kronshteyn bilan keladi. Hovli, dala hovli, ferma, qurilish maydoni, ombor va do'kon uchun qulay.

