Maksim Batyrev — taniqli rossiyalik menejer va talab yuqori bo‘lgan biznes-spiker. «Yilning tijorat direktori» va «Yil menejeri» mukofotlari sovrindori, Batyrev Consulting Group kompaniyasi asoschisi. Executive MBA dasturi hamda RANXiGS huzuridagi Biznes va ishbilarmonlik boshqaruvi institutini tamomlagan.
Yuqori natijalarga erishish Maksimning asosiy ekspertlik yo‘nalishlaridan biridir. Deyarli har yili u turli reytinglarda yetakchi o‘rinlarni egallab keladi: eng yaxshi sotuvchi, eng yaxshi bo‘lim rahbari, yilning eng yaxshi tijorat direktori, yilning eng yaxshi biznes-spikeri va «Biznes adabiyoti» yo‘nalishida yilning eng yaxshi muallifi.
Bu kitobni o‘z tajribasini tizimlashtirib, muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘lini batafsil bayon qilgan professional yozgan. Gap omad haqida emas, aynan muvaffaqiyat haqida bormoqda.
«Men Maksim Kombat Batyrevning barcha fikrlariga qo‘shilamanmi? Yo‘q. Ayrim masalalarda boshqacha yondashuvni ma’qul ko‘raman. Ammo Maksimning natijalari uning uslubini albatta o‘rganishga arziydigan metodikaga aylantiradi.»
Aleksandr Fridman, professional xodimlarni boshqarish bo‘yicha maslahatchi va biznes-trener.
«Magadandan bo‘lgan inson Mayamida yashovchi muallifning “Muvaffaqiyatning 100 siri” kitobidan nimani o‘rganadi? Ehtimol, deyarli hech narsani. Ammo “Menejerning 45 tatuirovkasi” — bu mutlaqo boshqa hikoya. Bu kitob biz haqimizda: bizning hayotimiz, fe’l-atvorimiz, muammolarimiz va natijaga olib boradigan yo‘limiz haqida. Barchaga o‘qishni tavsiya qilaman!»
Yuriy Uskov, iSpring kompaniyasi asoschisi va bosh direktori.

