40x90 sm o'lchamdagi katta stol tagligi ish joyingizni yanada qulay va tartibli qiladi. Taglik yuzasida Windows, Office, Word, PowerPoint va fayl boshqaruvi uchun eng ko'p ishlatiladigan klaviatura yorliqlari joylashtirilgan. Ish jarayonida tugmalarni tez eslab qolish va vaqtni tejashga yordam beradi.
Silliq mato qoplamasi sichqonchaning aniq harakatlanishini ta'minlaydi. Pastki rezina qismi stol ustida sirpanishni kamaytiradi. Katta o'lcham klaviatura va sichqonchani bemalol joylashtirish imkonini beradi.


