Medicube Azelaic Acid Niacinamide Clear Toner terini muloyim eksfoliatsiya qiladi, o‘lik hujayralarni olib tashlaydi, teri teksturasini tekislaydi va yumshatadi. Yallig‘lanishlarning tezroq bitishiga yordam beradi, akne paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi hamda poralarni toraytiradi.
Tarkibidagi 4% azelain kislotasi antibakterial ta’sir ko‘rsatadi, komedonlar hosil bo‘lishining oldini oladi. Pigment dog‘lari paydo bo‘lishini sekinlashtiradi, bakteriyalar ko‘payishini nazorat qiladi va akne rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Mahsulot yog‘ bezlari faoliyatini me’yorlashtiradi, terining yog‘lanishini kamaytiradi, yog‘ ipchalari va qora nuqtalar ko‘rinishini qisqartiradi.![]()
• Niatsinamid (Vitamin B3, 20 000 ppm) — pigmentatsiya paydo bo‘lishining oldini oladi, sebum ishlab chiqarilishini nazorat qiladi, yog‘li yaltirashni kamaytiradi va poralarni toraytiradi.
• Sentella kompleksi (Centella Asiatica Extract, Asiaticoside, Madecassic Acid, Madecassoside, Asiatic Acid) — terining himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi, namlikni saqlaydi, sezuvchanlik va shishlarni kamaytiradi.
• Zarchava (kurkuma) ildizi ekstrakti — qizarishni kamaytiradi, yallig‘lanishlarning bitishini tezlashtiradi, teri rangini tekislaydi va xiralikni bartaraf etadi.
• Gamamelis ekstrakti — kuperozga qarshi kurashadi, teri balansini tiklaydi, yallig‘lanishga qarshi va tiklovchi ta’sir ko‘rsatadi.
• Aloe vera ekstrakti — vitaminlar, minerallar va aminokislotalarga boy bo‘lib, regeneratsiyani tezlashtiradi va mikroshikastlanishlarni tiklaydi.
✅ Normal, aralash va yog‘li teri uchun mos.
Tozalangan yuzga tonikni kaft yordamida yoki paxta diski bilan surting. So‘ng serum yoki krem bilan parvarishni davom ettiring.

