3D Cherry dizaynli zamonaviy va estetik bloknot kundalik foydalanish uchun ajoyib tanlov. Bloknotning katta formati (175×250 mm) yozish uchun qulay joy yaratadi. Ichki sahifalari katakli bo‘lib, dars yozuvlari, reja tuzish, konspekt va kundalik qaydlar uchun mos keladi.
40 varoq oq va qalin qog‘ozdan tayyorlanganligi sababli ruchka siyohi kam o‘tadi va yozish yanada qulay bo‘ladi. Yumshoq va chiroyli muqovasi esa bloknotga o‘ziga xos estetik ko‘rinish beradi. O‘quvchilar, talabalar va chiroyli kanselyariya buyumlarini yoqtiruvchilar uchun ideal sovg‘a.

