3D A5 bloknot hajmli dekorativ muqovasi bilan e’tiborni tortadi. Modelning asosiy bezagi — real ko‘rinish beruvchi shisha elementdan tayyorlangan ko‘z bo‘lib, dizaynni yanada ta’sirchan qiladi. Ustidagi 3D chexol alohida yechiladi va bloknot tugagach, mos o‘lchamdagi boshqa daftar ustiga ham kiydirib ishlatish mumkin. Qulay A5 formati yozuvlar, o‘qish, eslatmalar va ijodiy g‘oyalar uchun mos. Noodatiy dizayni uni o‘zgacha aksessuar va sovg‘aga aylantiradi.

