Ushbu lasinalar yuqori sifatli paxta matosidan tayyorlangan bo‘lib, havo o‘tkazuvchanligi tufayli terlatmaydi va kun davomida qulaylik yaratadi. Tarkibidagi laykra esa matoning cho‘ziluvchanligini oshirib, farzandingizning erkin harakatlanishiga yordam beradi. Sifatli matosi sababli yuvilganda rangini yo‘qotmaydi, shaklini saqlab qoladi va cho‘zilib ketmaydi. Mustahkam va qulay bo‘lgani uchun uzoq muddat foydalanish mumkin. Bog‘cha, maktab va kundalik kiyish uchun ideal tanlov. Farzandingizning qulayligi va sizning mamnunligingiz biz uchun eng muhim natijadir.



