Biz Doktor Komarovskiy nomi bilan tanilgan oliy toifali bolalar shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Yevgeniy Olegovich Komarovskiyning “365 tavsiya. Bolangiz hayotining ilk yili uchun” kitobini nashr etdik. 2 yil avval o‘zbek tilida nashr etish uchun kitobning mualliflik huquqlarini xarid qilgan edik va kitob bugundan sotuvga chiqdi.
Komarovskiy 1960-yil 15-oktyabr kuni Xarkov shahrida tug‘ilgan. Taniqli pediatr ilmiy asarlar, ilmiy-ommabop maqolalar va kitoblar muallifi, shuningdek u “Doktor Komarovskiy maktabi” teledasturining boshlovchisi ham hisoblanadi.
Kitob haqida:
Farzand – Alloh in’om etgan bebaho ne’mat. Uni asrab-avaylash, parvarishlash ota-ona zimmasidagi eng mas’uliyatli vazifadir. Ayniqsa, chaqaloqning dastlabki yili yosh ota-onalar uchun biroz mashaqqatli kechishi tabiiy. Farzandingizda sizga noma’lum bo‘lgan holatlar kuzatilganda hech ikkilanmay mazkur kitobdan javob topishingizga ishonamiz.
Sizga mana shunday sharafli vazifani bajarishingizda kuch-quvvat, xotirjamlik tilaymiz.

