DUNYOGA ISHONIB QOLMA!
Abu Vahobdan rivoyat:
“Ibrohim bir kishi dunyo suzlaridan suzlab gap
sotayotganini ko'rib, uni to'xtatibdi va unga: “Bu so'zing bilan
dunyodan umid qilyapsanmi?" debdi. U: "Yo'q", debdi. "Unga
ishonib kolyapsanmi?" debdi. U: "Yo'q", debdi. Shunda unga:
“Nima ish qilsang ham bu dunyoga umid qilma va unga ishonib
qolma!" debdi.
Saboq: dunyo o'tkinchidir, hech bir insonga vafo qilmaydi.
Buning uchun unga bog'lanib qolmaslik kerak. Inson
ming yil yoki undan ko'p yashasa ham, baribir o'lib ketadi.
Shuni esdan chiqarmagan inson qo'lidan ketgan narsaga
achinmaydi va boyligi ko'payib ketsa ham o'zini yo'qotib
qo'ymasligi kerak.

