Blanka "365 kun" romanini jinsiylik haqida gap ketganda jamiyatda yetishmayotgan ochiqlik manifesti sifatida yozgan.
Lipinskayaning fikricha, sevgi va jinsiy aloqa haqida gapirish pomidor sho‘rva retseptini o‘rganishdek oson. Boshlash kifoya, shunda bu tabiiy va oson ekanligini sezasiz.
"365 kun" - bu "Cho‘qintirgan ota" va "Kulrangning ellik soyasi"ning uyg‘unlashuvi bo‘lib, jinsiy aloqa, qonunsizlik va hashamatga to‘la.
Laura tashqi ko‘rinishidan ancha farovon hayotidan zerikib qolgandi.
Do‘stlari va yigiti Martin bilan quyoshli Sitsiliyada dam olish vaziyatni o‘nglashi kerak edi.
Afsuski, Martin butun vaqtini noutbuk oldida o‘tkazadi, do‘stlari bilan ham chiqisha olmayapti, Laura esa o‘zini kimdir diqqat bilan kuzatayotgandek g‘alati his qilmoqda.

