Bugungi kunda IELTS, TOEFL, CEFR kabi xalqaro imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib sertifikat olishga ishtiyoqmandlar ko‘paydi. Bu bejiz emas, albatta.
Bunday sertifikat olganlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochiladi, oliygohlarga kirishdagi imtiyozlar, chet elda o‘qish va ishlash, yaxshiroq ishga joylashish kabi imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
“Akademnashr”da mazkur talabdan kelib chiqqan holda ingliz tilida qo‘llaniladigan eng faol so‘zlar lug‘ati chop etildi.
Lug‘at to‘rt qismdan va 18 000 ta eng faol so‘zlardan iborat bo‘lib, murakkablik darajasiga qarab Intermediate, Upper-intermediate, Advanced, Proficiency qismlariga ajratilgan. Har bir so‘zning turli ma’no ottenkalari yoritilgan, so‘z birikmasi va gapdagi ishtiroki bo‘yicha misollar keltirilgan.
Lug‘at sizning ingliz tili bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlashga yordam beradi degan umiddamiz.
Mualliflar: Hasan Abdullayev, Husan Abdullayev

