"Yopishtir, O'rgan, Rivojlan!" – bu 1 yoshdan boshlab bolalar uchun ideal bo'lgan birinchi ta'limiy kitobdir. Kitobning har bir sahifasida maxsus ajratilgan joylar mavjud bo'lib, bola ularga yorqin, laminatlangan rasmlarni (meva, sabzavot, hasharotlar, raqamlar, rangli tuxumlar) xavfsiz "lipuchkalar" yordamida yopishtirishi mumkin. O'lcham:A5
Bu jarayon bolaning barmoqlari harakatini aniq va chaqqon bo'lishiga yordam beradi, mayda motorikasini rivojlantiradi.
O'yin davomida bolakay quyidagilarni o'rganadi:
Mantiq: Qaysi buyum qayerga mos kelishini aniqlaydi.
Diqqat: Ranglar va shakllarni farqlaydi, to'g'ri joyni topadi.
Atrof-muhit: Meva va sabzavotlar nomlarini bilib oladi.
Matematika va hisob: Raqamlar va hisoblash asoslari bilan tanishadi.
Nutq: Yangi so'zlarni o'rganib, nutqini rivojlantiradi.
Kitob yuqori sifatli, xavfsiz va ekologik toza materiallardan tayyorlangan. Barcha elementlar mustahkam bo'lib, yirtilmaydi va uzoq vaqt xizmat qiladi. Qulay o'lchamli kitobni sayohatga yoki mashinada olib yurish mumkin. Qizil halqali bog'lovchi sahifalarni oson ochish va yopish imkonini beradi.

