«24 soatda shaxmat o‘rganish» — mashhur shaxmatchilar va shaxmat murabbiylari Juja Polgar, Pol Truong hamda Lesli Gorvits tomonidan tayyorlangan amaliy qo‘llanma. Kitob shaxmatni endigina o‘rganayotgan kitobxonlar bilan bir qatorda, ma’lum tajribaga ega o‘yinchilar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.
Qo‘llanmada shaxmatning asosiy qoidalari va o‘yin tamoyillari izchil tushuntiriladi. O‘quvchi partiyaning boshlanishi, donalarni to‘g‘ri joylashtirish, o‘yin davomida strategik va taktik qarorlar qabul qilish hamda partiyaning yakuniy bosqichida to‘g‘ri harakat qilish haqida bilim oladi.
Kitob ketma-ket saboqlar asosida tuzilgan bo‘lib, nazariy ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llashga yordam beradi. Shuningdek, musobaqa oldidan o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish va shaxmatdagi fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ham berilgan.

