Luiza Xeyning 21 kunlik amaliy kursi o‘z-o‘zini sevish, o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish va salbiy fikrlarni o‘zgartirishga qaratilgan. Kitobda har bir kun uchun turli mashqlar, tasdiqlar va topshiriqlar berilgan. Ular orqali inson o‘z his-tuyg‘ularini yaxshiroq anglash, ichki to‘siqlarni yengish va o‘zini qadrlashni o‘rganishi mumkin.

