Men juda baxtliman, aziz o‘quvchilar, mening hayotimda juda qimmatli amaliyot bo‘lgan ko‘zgu bilan ishlash metodikasini sizlar bilan bo‘lishdim. Men umid qilaman, sizlar ham o‘zingiz uchun ijobiy o‘sishda va o‘zingizga qayg‘urishda oyna bilan ishlashni bir asbob deb bilib foydalanasiz. Xulosa o‘rnida men sizga o‘zingizni hozir va hamisha sevib yashashingiz uchun 12 ta usulni bermoqchiman. Bu sizga uch hafta ichida o‘rganganlaringizdan esdalik bo‘lib, hayotingizni quvonchga va yutuqlarga to‘ldirishga sizga madadkor bo‘lsin.
Doimo yodingizda bo‘lsin: men sizni sevaman!

