20W / 5V quyosh paneli — quyosh energiyasidan foydalanib, elektron qurilmalarni mustaqil ravishda quvvatlantirish va zaryadlash uchun ishonchli yechim. Monokristalli quyosh elementlari yuqori samaradorlikni ta’minlaydi va quyosh nuri kuchsiz bo‘lgan holatlarda ham barqaror ishlaydi.
Ushbu panel 5V kuchlanishda ishlaydigan qurilmalar uchun mo‘ljallangan: smartfonlar, power banklar, LED chiroqlar, fonarlar, ventilyatorlar va boshqa USB qurilmalar.
Suv o‘tkazmaydigan korpus tufayli ochiq havoda foydalanish mumkin — dala hovli, bog‘, sayohat, camping, baliq ovlash yoki elektr uzilishlarida juda qulay.
Bu qurilma — ekologik toza, energiya tejamkor va ishlatishda juda oson.

