Sony PlayStation 4 Slim — afsonaviy o‘yin konsolining ixcham va energiya tejamkor versiyasi. Model yuqori unumdorlik, barqaror ishlash va qulay foydalanishni o‘zida mujassam etgan.
Konsol ichiga 20 ta o‘yin oldindan o‘rnatilgan bo‘lib, televizorga ulagan zahoti o‘ynashni boshlash mumkin. Uy uchun, oila davrasida yoki sovg‘a sifatida a’lo tanlov.
PS4 Slim HDR texnologiyasini (mos o‘yinlarda) qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa yanada yorqin ranglar va chuqur kontrastni ta’minlaydi. Konsol jim ishlaydi va Pro versiyasiga nisbatan kamroq joy egallaydi.
Xotira variantlari — 500GB yoki 1TB, bu o‘yinlar, yangilanishlar va saqlangan ma’lumotlarni tez-tez o‘chirmasdan saqlash imkonini beradi.
Asosiy xususiyatlari:
✔ Model: PlayStation 4 Slim
✔ Xotira: 500GB / 1TB
✔ 20 ta o‘yin o‘rnatilgan
✔ HDR qo‘llab-quvvatlash
✔ Wi-Fi va Bluetooth
✔ HDMI orqali ulanish
✔ Ixcham korpus

