Entoni Byorjess - o'zbek kitobxoni uchun yangi nom. "1985" romani adibning o'zbek tiliga o'girilgan ilk katta asaridir. Mazkur kitob va muallifning boshqa asarlaridan bilish mumkinki, antiutopiya - Byorjessning sevimli janri.
Kollektiv xotira ustidan nazorat o'rnatgan davlat, hurfikrli shaxsning ko'ksidan itargan jamiyat, ziyolilari ko'chada tilanchilik, axlat titish bilan shug'ullanayotgan, boshi berk ko'chaga kirib qolgan hukumat. Bir qarashda kitobxonning yuragi orqaga tortib ketadi. Ammo roman keng mushohadaga chorlashi bilan ahamiyatlidir. Bosh qahramon Bev Jonsning har qanday jimjimador bo'yoqlar, majburan qo'shilgan ijobiy sifatlardan xoli tarzda, bor bo'y-basti bilan tasvirlanishi, yozuvchining sovuqqon uslubi, eng muhimi, asar taqdim etayotgan yangi g'oya. Siz, aziz kitobxonlarni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
Nashriyot: Zabarjadmedia
Tarjimon: Sardor Salimov
Muqova: Qattiq

