• ISBN: 978-9943-7390-0-0
Entoni Berjess – oʻzbek kitobxoni uchun yangi nom. "1985" romani adibning oʻzbek tiliga oʻgirilgan ilk katta asaridir. Mazkur kitob va muallifning boshqa asarlaridan bilish mumkinki, antiutopiya Berjessning sevimli janri. Jamoaviy xotira ustidan nazorat oʻrnatgan davlat, hurfikrli shaxsning koʻksidan itargan jamiyat, ziyolilari koʻchada tilanchilik, axlat titish bilan shugʻullanayotgan, boshi berk koʻchaga kirib qolgan hukumat – bir qarashda kitobxonning yuragi orqaga tortib ketadi. Ammo roman keng mushohadaga chorlashi bilan ahamiyatlidir. Bosh qahramon Bev Jonsning har qanday jimjimador boʻyoqlar, majburan qoʻshilgan ijobiy sifatlardan holi tarzda, bor boʻy-basti bilan tasvirlanishi, yozuvchining sovuqqon uslubi, eng muhimi, asar taqdim etayotgan yangi gʻoya siz, aziz kitobxonlarni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
Asar rus tilidan Sardor Salimov tomonidan tarjima qilingan.
Xususiyatlari

