1924 yil kuzida Turkistonda o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralash siyosati natijasida mintaqa parchalanib ketdi. O'zbekiston SSR, boshqa ittifoq va avtonom respublikalar va viloyatlar tashkil etilishi bilan bolshevik mafkurasi O'rta Osiyo xalqlarining "milliy davlatchiligini" o'rnatgan deb da'vo qilingan bo'lsa-da, aslida "mustaqil milliy sovet respublikalari va avtonom viloyatlari" bo'lgan bu tuzilmalar davlatchilikdan juda uzoq edi. Kreml tomonidan boshqariladigan bunday "milliy tuzilmalar" aslida yagona Sovet davlatining bir qismi, uning parchalari hisoblangan. Kommunistik mafkura hukmronlik qilgan qizil imperiya davrida xalqimiz chegara siyosatining haqiqiy haqiqatini, bolsheviklarning makkor va yovuz rejalarini umuman bilmas edi.
Monografiya O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida saqlanayotgan arxiv hujjatlari, yopiq fondlardagi "o'ta maxfiy" ma'lumotlar, o'sha davr matbuot materiallari, shuningdek, mamlakatimizda va xorijda nashr etilgan tarixiy adabiyotlarning qiyosiy tahlili asosida xolisona va haqqoniy tarzda yozilgan bo'lib, Turkiston tarixiga befarq bo'lmagan barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
Ushbu monografiya O'zbekiston fanlar Akademiyasi tarix instituti ilmiy Kengashining 2024-yil 27-oktabrdagi navbatdan tashqari Majlisi bayonnomasiga muvofiq nashrga tavsiya etilgan.

