Koinotingni ostin-ustun qilish uchun necha soniya kerak bo‘ladi?
Nyu-York Tayms bestsellerlari muallifining sevgi va romantikaga ishonadiganlar uchun nihoyatda ta’sirli romani! Bu kitob qalbingizni parchalab, keyin uni yana davolashga yordam beradi!
Alison - kollej o‘quvchisi va yaqinda asrab olingan yetim qiz. U ko‘rinmas bo‘lishni, odamlar bilan yaqinlashmaslikni va do‘st orttirmaslikni biladi.
Esben - mashhur bloger va internet yulduzi. O‘zining mashhurligidan foydalanib, odamlarga yordam beradi va umidsiz ko‘ringan vaziyatlarda yordamga keladi.
Tasodif tufayli ular notanish odamning ko‘ziga atigi 180 soniya tikilib turish hayotdagi ko‘p narsalarni o‘zgartirishi mumkinligini isbotlashga qaratilgan ijtimoiy eksperimentda uchrashganda, ularning dunyolari eng kutilmagan tarzda to‘qnashadi.
Endi Alison o‘zini ochib, o‘zi qurgan devor ortiga yangi insonni, u bilan birga muhabbatni ham kiritarmikin?
180 soniya begona odamni eng yaqin insonga aylantirish uchun yetarli..
Dunyoni butunlay o‘zgartirish uchun 180 soniya yetarli.
Buzilgan qalbni davolash uchun 180 soniya yetarli.

