Jmary 18 dyuymli halqa chiroq va MT 75 shtativ sifatli foto, video va jonli efirlar tayyorlash uchun mo‘ljallangan qulay to‘plam. Katta halqa shaklidagi chiroq yuz va suratga olinayotgan mahsulotni bir tekis yoritishga yordam beradi, ortiqcha soyalarni kamaytirib tasvirni yanada tiniq va jozibali ko‘rsatadi.
To‘plamda uchta telefon ushlagichi mavjud. Ular yordamida bir vaqtning o‘zida bir nechta smartfonni joylashtirish yoki kerakli rakursni tanlash mumkin. Bu imkoniyat blog yuritish TikTok Instagram YouTube videolari mahsulot taqdimoti reklama roliklari va jonli efirlar uchun ayniqsa qulay.
MT-75 shtativining balandligi sozlanadi, shu sababli chiroqni o‘tirgan yoki tik turgan holda suratga olishga moslashtirish mumkin. Uch oyoqli mustahkam konstruksiya tekis yuzada barqaror turadi. Masofadan boshqarish pulti esa kameraga yaqinlashmasdan suratga olish jarayonini boshqarishga yordam beradi.

