Ushbu model qulaylik, minimalistik dizayn va ishonchlilikni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan. Sifatli eko charm hamda mustahkam Oxford matosi uyg'unligi sumkaga zamonaviy ko'rinish beradi va uzoq muddat xizmat qilishini ta'minlaydi. Ish, o'qish va xizmat safarlari uchun ajoyib tanlov.
Asosiy bo'lim 16 dyuymgacha bo'lgan noutbuklar uchun mo'ljallangan. Ichki qismidagi yumshoq velur qoplama qurilmani tirnalish va shikastlanishdan himoya qiladi.
Old fermuarli cho'ntak telefon, hujjatlar, zaryadlovchi, sichqoncha, kalit va boshqa kerakli buyumlarni tezda olish imkonini beradi.
Atigi 5 sm qalinlikdagi yupqa korpus sumkani har kuni olib yurishni yanada qulay qiladi. Uni qo'lda yoki yechiladigan va uzunligi sozlanadigan yelka tasmasi bilan olib yurish mumkin.
Mustahkam metall fermuarlar, sifatli furnitura va qulay tutqichlar uzoq muddat ishonchli foydalanishni ta'minlaydi.
✔ 16 dyuymgacha bo'lgan noutbuklar uchun mos
✔ Eko charm va Oxford matosi kombinatsiyasi
✔ Suvga chidamli va aşinishga bardoshli material
✔ Yumshoq velur ichki qoplama
✔ Yengil vazn — taxminan 0,65 kg
✔ Yupqa korpus — 5 sm
✔ Tez foydalanish uchun old fermuarli cho'ntak
✔ Mustahkam metall fermuarlar
✔ Sozlanadigan va yechiladigan yelka tasmasi
✔ Ish, o'qish, safar va kundalik foydalanish uchun mos
MacBook / ASUS / HP / Lenovo / Acer / Dell. Kabi noutbuk turlariga tugri keladi


