NIIMBOT 15×30 mm original oq termo yorlig’i, bir rulonda 195 dona. Siyoh va lenta kerak emas: yozuv printer issiqligi bilan chop etiladi, shuning uchun aniq va tiniq chiqadi. Original rulonni printer o’zi tanib oladi, uni o’rnatgan zahotiyoq chop etishni boshlash mumkin.
Kichik o’lchami tufayli ayniqsa atir moylari flakonlarini nomlash uchun juda qulay. Shuningdek, ziravor idishlari, kosmetika, maktab daftarlari va qalamdonlar, kabel va simlar, kichik mahsulotlarning narx yorlig’i va tayyorlamalarning sanasini belgilashga mos. Yorliq namga, yog’ga va kirga chidamli, istalgan yuzaga mahkam yopishadi.
Mos printerlar: D11H, D11, D110M, D110, D101, H1S.

