Zamonaviy dunyo — tartib qo‘rg‘onimi yoki betartiblik makoni? Biz borliqning erkin ijodkorlari bo‘lish uchun dunyoga kelganmizmi yoki umumiy qoidalarga bo‘ysunish uchunmi? Dunyo mohiyatiga oid ushbu chuqur savollarni tahlil qilar ekan, doktor Peterson qadimiy ta’limotlar tamoyillari, buyuk adabiy asarlar hamda zamonaviy fan va falsafa g‘oyalarini mohirona uyg‘unlashtiradi.
Omar qisqichbaqalari o‘z hududini himoya qilishda murosasiz va qat’iydir. Shimpanzelar qonxo‘r va iyerarxiyaga moyil bo‘ladi. Mushuklar esa do‘stona munosabatda bo‘lsa-da, o‘z bilganicha yashaydi. Odamlar ham shunga o‘xshash yo‘llardan yurib, mehr va shafqatsizlik, saxiylik va kin, olijanoblik va qasoskorlik o‘rtasida muvozanat saqlamaydilarmi?

