• Sahifalar soni: 256
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2025 yil.
• Tuzuvchi: Jalol Boltayev
Ushbu test to‘plami 10-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligi asosida tuzilgan bo‘lib, 2300 dan ortiq test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi. To‘plam oddiy savollar majmuasi emas – u testologiya tamoyillariga asoslangan, har bir topshiriq ortida aniq metodik maqsad mujassam bo‘lgan ilmiy-metodik qo‘llanmadir.
Test topshiriqlari nafaqat ma’lumotlarni eslab qolishga, balki o‘quvchining tanqidiy va
tahliliy fikrlashini, tarixiy tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
To‘plamni to‘liq bajargan o‘quvchi 10-sinf “Jahon tarixi”dagi tushuncha va faktlarni chuqur o‘zlashtiradi, ma’lumotlarni sun’iy yodlashsiz, ongli ravishda xotirada mustahkamlaydi hamda tarixiy jarayonlarni “ko‘rilgan” emas, “tushunilgan” bilim sifatida idrok etadi.

