• Sahifalar soni: 320
Mazkur savol-javob to‘plamida huquq fanining eng asosiy tushuncha va qonuniyatlari jamlangan bo‘lib, undan 10-sinf kitobiga doir mavzulashtirilgan savol-javoblar o‘rin olgan. Mazkur to‘plam o‘quvchilarning huquq faniga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlaydi hamda ularning fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. To‘plamdan huquq darslarida, shu bilan birgalikda darsdan tashqari fakultativ kurslar fanida, fan to‘garaklarini tashkil etishda ham foydalanish mumkin.
To‘plam maktab huquq o‘qituvchilari va o‘quvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari va huquq fan olimpiadasi va «Bilimlar bellashuvi»da ishtirok etuvchi o‘quvchilarga, oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda umuman shu fanga qiziquvchi barchaga mo‘ljallangan.

