Ushbu aksessuar multimetr yordamida turli elektr parametrlarini o‘lchash va elektr zanjirlarini tekshirish uchun ishlatiladi. U uy sharoitida ham, professional ustaxonada ham keng qo‘llaniladi.
Test shuplari yordamida kuchlanish (AC/DC), tok kuchi, qarshilikni o‘lchash, zanjirni “prozonka” qilish va elektron komponentlarni tekshirish mumkin. O‘tkir metall uchlari kichik kontaktlar, simlar va elektron plata elementlari bilan aniq va qulay ishlash imkonini beradi.
Simlar egiluvchan va mustahkam izolyatsiyaga ega bo‘lib, foydalanish jarayonida xavfsizlik va qulaylikni ta’minlaydi. 4 mm standart banan raz’yomlari tufayli ushbu test simlari ko‘pchilik raqamli multimetrlar bilan mos keladi.
Ushbu mahsulot elektrchilar, texnik mutaxassislar, maishiy texnika ustalari, radioelektronika bilan shug‘ullanuvchilar va havaskor ustalar uchun juda qulay hisoblanadi.

