Bu kitob Islom tarixida eng muhim o‘rin tutgan 101 sahobiy hayoti, fazilatlari va ularning din yo‘lidagi xizmatlarini hikoya qiladi. Har bir sahobiyning to‘liq biografiyasi, muhim voqealardagi roli va chuqur donishmandlik so‘zlari jamlangan. Ushbu nashr kirill alifbosida chop etilgan bo‘lib, diniy ta’lim olishni istagan har bir kishi uchun zarur qo‘llanmadir.
Mazkur to‘plam Islom tarixida muhim o‘rin egallagan, Payg‘ambar Muhammad alayhissalomning safdoshlari, yordamchilari - sahobiylar hayotiga bag‘ishlangan. Tuzuvchilar jamoasi bir yuz bir nafar eng mashhur sahobiy haqida qomusiy ma’lumotlarni jamlagan. Kitob oxirida berilgan atoqli nomlar, istiloh va tarixiy voqealarning izohli lug‘ati ham muhtaram o‘quvchiga sahobiylar hayotiga doir batafsil ma’lumotlar olishga yordam beradi. Kitob tarixchilar, talabalar, diniy soha xodimlari, kolaversa keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

