• Ingliz tili
☑️ Kitob o'zida nafaqat grammatik qoidalarning nazariy jihatlari, balki ularni tushuntirishning 12 yil davomida sinovdan o'tgan samarali metodik usullarini ham jamlagan
☑️Ma'lumotlar qisqa, lo'nda va tushunarli tilda taqdim etilgan bo'lib, ularni hatto ustozsiz ham o'qib o'zlashtirish mumkin
☑️ Kitob o'quvchini 0 dan boshlab B2 (IELTS 6.5) darajasigacha kerakli bo'lgan 99ta darsdan iborat grammatik bilimlarni taqdim etadi
☑️ Garchi har bir grammatik hodisaning qamrovi aslida ancha keng bo'lsada, kitobda ularning faqatgina eng ko'p qo'llaniladigan va eng kerakli jihatlari jamlangan bo'lib o'quvchi hozircha o'ziga zarur bo'lmagan ma'lumotlarni o'zlashtirish zaruratidan ozod qilingan
Ushbu o'quv qo'llanma har qanday ingliz tilini 0 dan o'rganishni xoxlovchi o'quvchilar uchun ingliz tili grammatikasini o'qituvchi tushuntirishisiz ham anglay olish imkonini yaratadi.
Aynan shuning uchun ham kitob sodda va tushunarli tilda yozilgan.

