“Davlat va huquq asoslari.10-sinf” darsligi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat, huquq va huquq tizimi asoslarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Unda davlat va huquq nazariyasining asosiy tushunchalari, konstitutsiyaviy tuzum tamoyillari, qonunchilik tizimi, huquqiy munosabatlar, shuningdek, davlatning jamiyat hayotidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.

