Turp faqat ochiq yerda yetishtiriladi. Urug‘i 2—4°da unib chiqadi. 13—20°da yaxshi rivojlanadi, harorat 20°dan yuqori bo‘lsa ildizmevalarning o‘sishiga salbiy taʼsir qiladi. Turp namsevar o‘simlik. Namlik yetishmasa ildizmevasi yaxshi o‘smaydi. Ildizmevasi yirik, 200 g dan 4—5 kg gacha. Tarkibida o‘rtacha 1,92% oqsil, 1,58% qand, 1,55% kletchatka, 8—29 mg %. vitamin S va b. bor. Asosan, yangiligida, ayrim vaktlarda dorivor sifatida isteʼmol qilinadi. Shuningdek, unda lavshaga qarshi vitamin bor, modda almashinuvi, ovkat hazmini yaxshilaydi. T. O‘zbekistonning markaziy viloyatlarida iyul oxiri — avg. boshida, jan. mintakalarda, avg. 2 o‘n kunligida, 2 — 3 sm chuqurlikka ekiladi. Maisa ko‘karib chiqquncha tuproq doimo nam holda tutiladi. Keyingi parvarish o‘tash va yaganalashdan, o‘z vaqtida sug‘orib va kultivatsiya qilib turishdan iborat. O‘zbekistonda Turpning Marg‘ilon va Andijon9 tezpishar navlari davlat reyestriga kiritilgan. Hosildorligi: Marg‘ilon navi 350—360 s/ga; Andijon9 navi 480—500 s/ga.

